Tajvid kitobchasi, Munavvar qori

Tajvid kitobchasi.


Mabdaul qiroat - Tarkib


Mabdaul qiroat - Tarkib kitobi

Ismda rof, nasb va jar alomatlari, o'rinlari



Ismning nasb o'rinlari va ularga misollar, saqlab olish.

Ismning nasb o'rinlari




ISMNING   NASB  O’RINLARI  VA ULARGA MISOLLAR
1.     
Maf’ulun bihi
(kimni, nimani?)
سَلِيمٌ كَسَرَ الْقَلَمَ
Salim  qalamni sindirdi
2.     
Maf’ulun fihyhi
(O’rin payt holi)
(qayerda, qachon?)
حَفِظْتُ الدَّرْسَ صَبَاحًا
Darsni ertalab yodladim
3.   
Maf’ulun liajlihi
(sabab holi)
(nima uchun?)
قَامَ التَّلَامِذَةُ إِجْلَالًا لِلْمُعَلِّمِ
O’quvchilar muallimni hurmatlash uchun turdilar
4.     
Maf’ulun ma’ahu
(kim bilan birga, nima bilan birga?)
سِرْتُ وَالْجَبَلَ
Tog’ bo’ylab yurdim
5.     
Maf’ulun mutlaq
(Fe'lning  ta'kidi, fe'lning mutloq bajarilganini bildiradi.)
كَسَرَ الْخَادِمُ الْفِنْجَانَ كَسْرًا
Xodim piyolani chil-chil (butunlay, mutloq) sindirdi.
6.     
Hol
(qanday xolda)
رَكِبْتُ الْفَرَسَ مُسْرَجًا
Otni egarlangan holida mindim
7.     
Tamyiz
(nimani, nima jihatdan?)

أَنَا أَصْغَرُ مِنْكَ سِنًّا
Men sendan yosh jihatdan kichikman
8.     
Mustasno
(istisno)

أَحِبُّ النَّاسَ إِلَّا الْمُفْسِدِينَ
Insonlarni yaxshi ko’raman faqat fasodchilarni emas
9.     
إنَّ  ning ismi
إنَّ الْمُدَرِّسَ جَدِيدٌ
Albatta o’qituvchi yangi
10.            
لَا ning ismi
لَا رَجُلَ فِي الْبَيْتِ (مَوْجُودٌ)
Uyda biror kishi mavjud emas
11.            
كَانَ  ning xabari
كَانَ الطَّالِبُ مُجْتَهِداً
O’quvchi tirishqoq edi


Ismning nasb o'rinlari va ularga misollar, saqlab olish.